O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Afg‘oniston Prezidenti Buxoroga keldi
2017-12-06 | Siyosat
Mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 6 dekabr kuni Buxoroga keldi.
Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev kutib oldi.
Afg‘oniston Prezidenti Buxoro davlat universitetida professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi va ular oldida ma’ruza kiladi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezident Muhammad Ashraf G‘ani boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiladi.