O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy darajadagi muzokaralar boshlandi
2017-12-05 | Siyosat
Ko‘ksaroyda Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘anini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘anining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.
Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb mavzulari ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar do‘stona va amaliy ruhda o‘tmoqda.