O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Stol tennisi: an’anaviy turnir boshlandi

2017-12-01 | Sport

Poytaxtimizda o‘smirlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Sog‘lom avlod uchun” fondi kubogi uchun XIV respublika turniri boshlandi. 

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamda stol tennisi federatsiyasi tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqaning joriy yilgi respublika bosqichida 56 o‘g‘il-qiz g‘oliblik uchun bahslashmoqda. 

Musobaqaning ochilish marosimida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova va boshqalar mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida barkamol avlod kamol topayotgani, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilayotgani, yosh iqtidor egalari qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidladi. 

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan ham bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sportning sinxron suzish, suzish, badiiy va sport gimnastikasi, sport raqsi turlarini mujassamlashtirgan “Nafosat olami” sport festivali kabi tadbirlar yoshlar o‘rtasida sportni yanada rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

– Stol tennisi bilan shug‘ullanayotganimga bir yil bo‘ldi, – deydi toshkentlik Robiya Mahmudova. – Darsdan so‘ng tengdoshlarim bilan Uchtepa tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabining stol tennisi to‘garagiga qatnaymiz. Sentyabr oyida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdim. 

Ochilish marosimida sport maktablari tarbiyalanuvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. 

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться