O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifiga oid
2017-11-30 | Siyosat
2017-yilning 30-noyabr kuni O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Chernov boshchiligidagi nufuzli delegatsiya tashrif buyuradi.
Tashrifdan maqsad Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston va Rossiya: 25 yillik strategik sheriklik” nomli tarixiy-hujjatli ko‘rgazmaning ochilish marosimida va “O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi 25 yillik hamkorlikning asosiy bosqichlari” mavzusidagi “davra suhbati”da ishtirok etishdan iborat.
Shuningdek, Rossiya Prezident idorasi xodimlari, Rossiya Fanlar akademiyasi, Federal arxiv agentligi, Savdo-sanoat palatasi va qator oliy o‘quv yurtlari vakillaridan iborat delegatsiya Samarqandga ham tashrif buyuradi.