O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2017 yilning to'qqiz oyida «O‘zdonmahsulot» AK tizim korxonalarida iqtisodiy islohotlarning borishi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish prognoz ko’rsatkichlari

2017-11-30 | Iqtisodiyot

2017 yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonlaridan iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida kompaniya va tarkibdagi korxonalar iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash, yangi quvvatlarni ishga tushirish, mavjudlarini zamonaviy yangi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, tarmoqni diversifikatsiya qilish, import o‘rnini bosadigan hamda eksport qilishga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish borasida keng qamrovli ishlarni tashkil etgan.

Hisobot davrida tarmoqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, moliyaviy ahvolni yaxshilash, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlarni amalga oshirishda ijobiy natijalarga erishildi.

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagilarni tashkil etilishi kutilmoqda: 2017 yilning 9 oyida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish  hajmi o‘sish sur'ati 104,5 foizni, xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarish o‘sish sur'ati 102,3 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish natura ko‘rinishida o‘sish sur'ati: un ishlab chiqarish 112,6 foizni, omixta yem 102,1 foizni, non va non mahsulotlari 119,9 foizni va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish 121,7 foizni tashkil etdi.

2017 yilning 9 oyida jami 704 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda, bu esa rejaga nisbatan 135,9 foizni tashkil etаdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli qaroriga asosan 2017 yilda 10 ta investitsiya loyihalari, jumladan 1 ta bug‘doy yormasi ishlab chiqarish sexi, 1 ta ekstrudirlangan omixta yem sexi, 1 ta polipropilen qop ishlab chiqarish sexi, 1 ta yangi tegirmon qurish va 6 ta tegirmon sexlarini modernizatsiya qilish belgilangan.

Korxonalarda yangi quvvatlarni ishga tushirish, mavjudlarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

«Qoraqalpoqdonmahsulotlari» (Nukus un zavodi)da kunlik quvvati 130 tonnalik, «Samarqanddonmahsulotlari»da kunlik quvvati 300 tonnalik, «Oxangaron don» (Bekobod un filiali)da kunlik quvvati 50 tonnalik, «Dunyo-M»da kunlik quvvati 300 tonnalik, «Quva don mahsulotlari»da kunlik quvvati 150 tonnalik, «Andijondonmahsulotlari»da kunlik quvvati 250 tonnalik tegirmon sexlarini modernizatsiya qilish uchun texnologik uskunalarni xarid qilish maqsadida shartnomalar imzolandi. Kredit mablag’lari ajratildi.

«Toshkentdonmahsulotlari» tomonidan kunlik quvvati 5 tonnalik bug‘doy yormasi va «SHo‘rchi don mahsulotlari»da kunlik quvvati 30 tonnalik ekstrudirlangan omixta yem sexini tashkil qilish uchun texnologik uskunalarni xarid qilish maqsadida shartnoma imzolandi. Kredit mablag’lari ajratildi.

«Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari»da kunlik quvvati 20,0 ming dona polipropilen qop ishlab chiqarish sexini tashkil qilish uchun texnologik uskunalarni keltirish boshlandi.

O‘zbekiston Respblikasi Prezidentining 2014 yil 14 dekabrdagi PQ-2264-sonli qaroriga asosan 1 ta loyiha, jumladan «Qashqadaryodon-mahsulotlari»da kunlik quvvati 120 tonnalik tegirmon sexi ishga tushirilishi belgilangan, texnologik uskunalarni sotib olish uchun shartnoma imzolangan. Uskunalarning bir qismi keltirilgan bo‘lib qolgan qismi iyul oyining yakunigacha keltirilishi rejalashtirilgan hamda tegirmon sexi binosida qurilish ishlari yakunlangan. Texnologik uskunalarni keltirish boshlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 apreldagi 01-03-05-17-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 4 ta jumladan 3 ta urug‘ saralash sexi va 1 ta arpa yormasi ishlab chiqarish sexlarini tashkil qilish belgilangan.

«Dunyo-M», «Uchqo‘rg‘on don mahsulotlari» va «Toshkentdonmahsulotlari» korxonalari tomonidan urug‘lik saralash sexlarini tashkil qilish maqsadida Germaniyaning «Petkus» kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologik uskunalar keltirilib, montaj ishlari yakunlandi va ishga tushirildi.

«Jomboy don mahsulotlari» tomonidan arpa yormasi ishlab chiqarish sexini tashkil qilish maqsadida Janubiy Koreyaning «DAYVON» kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologik uskunalar korxonaga keltirildi. Montaj ishlari yakunlandi va ishga tushirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 maydagi 142-sonli qaroriga asosan  «Surxondaryodonmahsulotlari»da kunlik quvvati 300 tonnalik tegirmon sexini qurish belgilangan. Texnologik uskunalarni sotib olish uchun shartnoma imzolangan. Loyiha moliyalashtirildi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 yanvardagi 01-21-12-2-sonli yig‘ilish bayoniga asosan 2 ta jumladan, «Taxitosh don mahsulotlari» tomonidan Shumanay tumani markazida «Shumanay Dokanon» non va makaron ishlab chiqarish sexi va korxonaga qarashli «Qorabayli guruch» filialida  guruch ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi» asosida «O‘zdonmahsulot» kompaniyasi boshqaruv raisining virtual qabulxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarda ko‘rsatilgan muammolarni qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha kompaniyaning markaziy apparatida ishchi guruh tashkil etilgan. Qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar ijrosi ijobiy hal qilinmoqda.

«O‘zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi va tarkibdagi korxonalar tomonidan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi»da belgilangan topshiriqlarning bajarilishini,  ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va samaradorligini oshirish, xom-ashyo resurslarini tejash, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish, mahsulotlar sifatini yanada yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish, mavjudlarini zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiyalash va aholini bandligini ta'minlash bo‘yicha ishlar tizimli davom ettiriladi hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ta'minlanadi.

Поделиться