O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Targ‘ibot ishlari yanada kuchaytiriladi

2017-11-30 | Jamiyat

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida siyosiy partiyalar vakillari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari uchun o‘quv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida mamlakatimizda istiqlol yillarida huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqimizning tinch va farovon turmush kechirishi uchun zamonaviy sharoit yaratish, xalqaro maydonda yurtimizning munosib o‘rin egallashi yo‘lida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha tinglovchilar bilim va tushunchalari oshiriladi. 

O‘quv mashg‘ulotlari boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi B.Matmurodov, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori, senator O‘.Otaniyozova va boshqalar Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda qonun ustuvorligiga erishish, xavfsizlik va davlat chegaralari dahlsizligini ta’minlash, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

– Mazkur o‘quvni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazgan videoselektor majlisidagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini ta’minlashdir, – deydi senator O‘.Otaniyozova. – Shuningdek, qabul qilinayotgan Prezident farmon va qarorlarining mazmun-mohiyatini siyosiy partiyalar vakillari va mahalliy Kengashlar deputatlari orqali keng jamoatchilikka yetkazish. 

O‘quvning dastlabki mashg‘ulotlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raislari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

 

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Поделиться