O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi to‘g‘risida
2017-11-30 | Siyosat
2017-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, Xalq demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Xatamjon Ketmonov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasi va xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari o‘rtasida oliy darajadagi muloqotda ishtirok etish uchun Pekin shahriga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston delegatsiyasidan Parlamentning quyi palatasi deputatlari, Oliy Majlisga saylangan siyosiy partiyalar va O‘zbekiston Ekologik harakati rahbarlari o‘rin olgan.