O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashda sudyalarning roli

2017-11-29 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan ushbu mavzuda xalqaro seminar o‘tkazildi. Unda kengash a’zolari, Oliy sud sudyalari, vazirlik va idoralar vakillari, xorijlik ekspertlar qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi M.Usmonov va boshqalar mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-oktabrdagi "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, uning nufuzini oshirish, sudyalarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. 

Yurtimizda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengash o‘z vazifalarini amalga oshirishda, xususan, sudyalarning kasb tayyorgarligini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Adliya vazirligi, O‘zbekiston sudyalar assotsiatsiyasi, ilmiy muassasalar va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik qilmoqda. 

Mazkur seminar ham Sudyalar oliy kengashi faoliyatiga doir xalqaro huquq normalari va andozalari bilan tanishish, sud hokimiyatining mustaqilligi va hisobdorligi masalalarida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida tashkil etildi. 

Tadbirda sud hokimiyatining mustaqilligiga oid xalqaro andozalar, sudyalarni tanlash va tayinlashga mas’ul organlar faoliyatini tashkil qilish, sudyalar faoliyatini baholash hamda intizomiy javobgarligiga doir masalalar muhokama etildi. 

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Sudyalar oliy kengashi faoliyati va sohaga doir huquqiy hujjatlar bilan tanishdim, – deydi xalqaro ekspert Maarten Steyenbeyek (Niderlandiya). – Sudyalar oliy kengashi sudyalarning mustaqilligini ta’minlashda muhim organ hisoblanadi. Bugungi seminar sudyalarga nafaqat O‘zbekistondagi, balki bu borada xorijiy tajribani tahlil etish va o‘rganishga yordam berishi bilan ham ahamiyatlidir. Bu esa sud qonunlari va sud amaliyotini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. 

Xorijlik ekspertlar tomonidan sud hokimiyatining mustaqilligi va hisobdorligi masalalarida Sudyalar oliy kengashi hamda sudyalar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining hamkorligi va faoliyatiga doir ilg‘or xorijiy tajriba yuzasidan taqdimotlar qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoda sud organlarining mustaqilligiga doir Kiyev tavsiyalari hamda YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining huquqiy xulosalari bilan tanishdi.

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться