O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbekiston» teleradiokanalining audiokitoblari taqdimoti o‘tkazildi

2017-11-14 | Jamiyat

Poytaxtimizda “O‘zbekiston” teleradiokanali" davlat unitar korxonasi tomonidan jahon va o‘zbek adabiyotining sara namunalari asosida tayyorlangan audiokitoblar taqdimoti o‘tkazildi. Unda taniqli ijodkorlar, adabiyotshunoslar, jurnalistlar, kitobxonlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.Xo‘jayev, Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish yangi bosqichda davom ettirilayotganini, kitob chop etish ko‘lami va sifati oshib, amaliyotda xalqaro noshirlik tajribalaridan unumli foydalanilayotganini ta’kidladi. 

“O‘zbekiston” teleradiokanalining keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan audiokitoblari ham ana shu izchil jarayon mahsulidir. 

Audiokitob zamonaviy mediatexnologiyalarning amaliyotga izchil tatbiq etish hosilasi bo‘lib, odatiy matbaa mahsulotlaridan farq qiladi: u tinglanadi, demak ko‘z ortiqcha zo‘riqishdan xalos bo‘ladi. Vaqtni tejaydi, ya’ni asar mazmuni bilan tanisha turib, boshqa yumushlar bilan shug‘ullanish ham mumkin. Harf tanimagan kichik yoshdagi bolalarga ertak, hikoya so‘zlovchi do‘st, ko‘rish imkoniyati cheklanganlar uchun esa yana bir imkoniyatdir. 

Jami 230 soatdan iborat bu audiokitoblar ichida «Alpomish», «Xamsa», «Qobusnoma», «Guliston», «Temur tuzuklari», «Boburnoma», Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar», Oybekning «Navoiy», Mirzakalon Ismoiliyning «Odam bo‘lish qiyin», Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», Odil Yoqubovning «Ulug‘bek xazinasi», Shukur Xolmirzayevning «O‘n sakkizga kirmagan kim bor» va yana o‘nlab asarlar, jahon klassik adabiyoti namunalari joy olgan. Bu asarlarni T.Yunusov, E.Yorbekov, M.Abduqunduzov, B.Xolmirzayev kabi taniqli aktyor va so‘z ustalari o‘qigan. 

Tadbirda audiokitoblardan parchalar eshittirildi.

 

Malohat Husanova, O‘zA

Поделиться