O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madridda O‘zbekiston taqdimoti

2017-11-14 | Turizm

Ispaniya poytaxtida “O‘zbekiston tarixi va zamonaviyligi, an’analari hamda salohiyati” mavzuiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri-Nebrixa universitetining o‘qituvchi va talabalari, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, akademik va ekspert doiralari, vazirlik va idoralari, diplomatiya korpusi, sayyohlik agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasi va Antonio Nebrixa jamg‘armasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur marosim chog‘ida tadbir qatnashchilari mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy va sayyohlik salohiyati, diqqatga sazovor asosiy qadamjolari bilan yaqindan tanishdilar. Taqdimot doirasida respublikamizning Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz singari tarixiy shaharlari bag‘rida joylashgan betakror me’moriy yodgorliklar haqida hikoya qiladigan suratlar ko‘rgazmasining namoyishi esa mehmonlarga insoniyat tarixidagi ko‘hna transkontinental savdo yo‘lagi–Buyuk Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan O‘zbekiston bo‘ylab fikran sayohat qilish imkoniyatini yaratdi.

Taqdimot dasturining madaniy qismida o‘zbek pianinochisi Sofya Baxtiyarova hamda ispaniyalik ashulachi Karmen Kano o‘zbek va ispan bastakorlarining asarlaridan namunalar ijro etdilar.

Tadbirdan orttirgan taassurotlarini o‘rtoqlashar ekan, Nebrixa universiteti rektori Manuel Villa-Sellino keyingi yillar davomida O‘zbekiston ispaniyaliklar uchun tarixiy-madaniy va bilim orttirish sayyohligining ommabop yo‘nalishlaridan biriga aylanganini qayd etdi.

- Ko‘pgina vatandoshlarimiz Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xivani ko‘rib kelishgan, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligidan bahramand bo‘lishgan, mahobatli va betakror tarixiy yodgorliklardan hayratlanib qaytishgan, - dedi ispaniyalik olim. - Do‘stlarimning o‘zbeklar zaminidan orttirib qaytgan taassurotlari va so‘zlab bergan hikoyalari meni O‘zbekistonning tarixi va zamonaviy rivojlanishini o‘rganishga rag‘batlantirgan. Respublika yuqori bahoga sazovor bo‘lgan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, O‘zbekiston rahbariyatining hukumat va xalq o‘rtasida muloqotni kuchaytirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan tashabbuslari katta e’tiborga loyiqdir.

Nebrixa universitetining institutsional aloqalar bo‘yicha direktori, Antonio Nebrixa jamg‘armasi rahbari Nuriya Baranda ushbu sermazmun tadbirni tashkil etishga bosh-qosh bo‘lgani uchun O‘zbekistonning Madriddagi elchixonasiga minnatdorlik izhor etdi.

- Universitetimiz xalqaro oliy o‘quv yurti hisoblanadi, - dedi u. - O‘zbekiston bilan aloqalar biz uchun juda qiziqarlidir. Umid qilamizki, bugun bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimi o‘zbek olimlari va talabalari bilan o‘zaro samarali aloqalarimizning rivojlanishiga xizmat qiladi. Mazkur taqdimotning barcha ishtirokchilari O‘zbekistonning chiroyiga mahliyo bo‘lishganiga hamda o‘zbek xalqining madaniy va tarixiy boyligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni niyat qilishganiga ishonchim komil.

Поделиться