O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
2017-11-14 | Siyosat
2017-yilning 14-17-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi.
Tashrif davomida Myunxen shahrida Bavariya Federal yeri Bosh vaziri Horst Zeehofer va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi va Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining majlislarida ishtirok etadi, “KfV” Germaniya taraqqiyot banki va GFR yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda mamlakatimiz bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirgan ba’zi yirik zamonaviy korxonalarga tashrif buyuradi.
Bo‘lajak O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida va tashrif yakuniga ko‘ra iqtisodiyot va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.