O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sportchilarimiz Osiyo chempionatiga tayyor

2017-11-10 | Sport

11-12-noyabr kunlari "O‘zbekiston" sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizda matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi vakillari, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. 

Anjumanda mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, Vatanimiz obro‘sini, xalqimiz g‘urur-iftixorini yanada yuksaltirishning muhim omili bo‘lgan sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan nufuzli musobaqada qit’amizning o‘ndan ziyod davlatidan yuzdan ortiq sportchi 16 vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib boradi. 

Osiyo chempionatida mamlakatimiz sharafini Ramazon Temirov, Husniddin Sattorov, Shahboz Tursunov, G‘iyosiddin Jamoliddinov, Olim Normurodov, Ravshan Abdulazizov, Muhiddin Mamajonov, Nozim Eminjonov, Jahongir Jumayev, Alpomish Qurbonnazarov, Hasan Bozorov, Murtazobek Mamashokirov, Jamshid Rahmonaliyev, Elbek Eshmurodov, Botir Xo‘jabekov, Salohiddin Ibrohimov, Ilyos Raimov, Bahrom Mahmudov kabi sportchilar himoya qiladi. 

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться