O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi rahbari N.German bilan uchrashuv
2017-11-10 | Siyosat
2017-yil 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi rahbari N.German o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi rahbari N.German Samarqand shahrida 10-11-noyabr kunlari BMT rahnamoligida o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo: o‘tmish bir, kelajak bir, barqaror taraqqiyot va ravnaq yo‘lida hamkorlik” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida BMT va uning ixtisoslashtirilgan institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston va BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya mintaqaviy markazi o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Tomonlar turli shakllarda va formatlarda hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro qiziqish uyg‘otgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati