O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Notarius lavozimlariga tanlov bo‘lib o‘tdi
2017-11-10 | Jamiyat
Shu yilning 9 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy Malaka komissiyasi tomonidan Toshkent shahridagi 5 ta davlat notarial idoralarining notarius lavozimlariga tanlov bo‘lib o‘tdi.
Oliy malaka komissiyasi yig‘ilishi Adliya vaziri o‘rinbosari raisligida olib borildi. Komissiya tarkibi Oliy Sud, Konstitutsiyaviy Sud, Advokatlar palatasi vakillari hamda notariuslardan iborat. Tanlovning shaffofligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham taklif qilindi. Tanlov jarayonini vazirlik rasmiy veb-sahifasi orqali onlayn tardzda kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Tanlovda 5 ta notarius lavozimiga 11 nafar talabgor ishtirok etdi. Ushbu talabgorlardan faqat uch nafari tanlov g‘olibi deb topildi.