O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti BMT delegatsiyasini qabul qildi

2017-11-09 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-noyabr kuni BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha va Bosh kotibning maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya Germanni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari N.Germanni BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. O‘zbekistonning BMT bilan, xususan, yaqingacha M.Encha rahbarlik qilib kelgan Mintaqaviy markaz bilan hamkorligi samarali bo‘layotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Prezidentimiz 10 noyabr kuni Samarqandda ish boshlaydigan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferensiyani tashkil etishda BMT muhim o‘rin tutganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etayotgani, jumladan, yig‘ilib qolgan masalalarga amaliy yechim topish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, mintaqaning uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyoti bo‘yicha aniq takliflar ilgari surayotgani va amalga oshirayotgani ta’kidlandi.

Mehmonlar BMT va uning Bosh kotibi Antoniu Guterrish nomidan mintaqada xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro forum maqsadi va vazifalarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. 

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyani ishlab chiqish, "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" rezolutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini o‘tkazish bo‘yicha ilgari surilgan muhim tashabbuslar mavjud global va mintaqaviy muammolarni hal etishga salmoqli hissa qo‘shadi. 

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga doir boshqa masalalar muhokama qilindi.

 

Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA​

Поделиться