O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston–Janubiy Koreya biznes-forumi

2017-11-08 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi ishbilarmon doiralarining biznes-forumi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Koreyaning yirik kompaniyalari vakillari, mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Matkarimov, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U, Koreya Respublikasi Kichik va o‘rta biznes federatsiyasi raisi o‘rinbosari Li Xong Vu va boshqalar Buyuk Ipak yo‘lining taraqqiyot chorrahasida joylashgan O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuksalib borayotgani, mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilgani, chet ellik investorlar uchun qator imtiyoz va qulay sharoitlar mavjudligi, bu esa ishlab chiqarish turi va hajmi ortishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi. 

Bugun mamlakatimizda Janubiy koreyalik ishbilarmonlar sarmoyasi ishtirokida 460 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda, 75 kompaniya o‘z vakolatxonasini ochgan. 

O‘zaro manfaatli hamkorlik neft-gaz, kimyo sanoati, avtomobilsozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, elektrotexnika, logistika, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari, tibbiyot, ta’lim va boshqa sohalarda amalga oshirilmoqda. Koreya Respublikasining mamlakatimizga yo‘naltirgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 7 milliard AQSh dollaridan oshdi. 

Biznes-forumda O‘zbekistonda yaratilgan qulay investitsiya muhiti, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati haqida ma’lumot berildi. 

– Biz to‘qimachilik sohasida qo‘llaniladigan texnologiyalar, dastgohlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaramiz, – deydi “Sejong Yengineering” kompaniyasi bosh direktori Kang Da Sung (Janubiy Koreya). – Toshkentda yangi korxona ochish ishlarini boshlab yubordik. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysak, korxonamizda 50-60 ish o‘rni yaratiladi. 

Biznes-forum doirasida bo‘lib o‘tgan kooperatsiya birjasida ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning amaliy jihatlarini kelishib oldi. 

Tadbir ishtirokchilari “O‘zekspomarkaz”da o‘tayotgan “Made in Uzbekistan” ko‘rgazma-yarmarkasida namoyish etilayotgan mahalliy mahsulotlar va xizmat turlari bilan tanishdi.

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA

Поделиться