O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qo‘mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017-11-08 | Iqtisodiyot
2017 yil 7 noyabr kuni, Davlat statistika qo‘mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, ijtimoiy himoya va kambag‘allik darajasini aniqlash sohasida Davlat statistika qo‘mitasining o‘rni hamda aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va taqdim etilishi masalalari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda aholi turmush darajasi statistikasiga oid dolzarb yo‘nalishlarda Jahon banki tomonidan texnik va uslubiy jihatdan ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.