O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Olimlar Sharof Rashidovni xotirladi

2017-11-07 | Jamiyat

Toshkentda «Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni» mavzuida ilmiy anjuman o‘tkazildi. Unda taniqli olimlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, chet ellik mehmonlar, shoir-yozuvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yo‘ldoshev ochib berdi. 

Sharof Rashidov salkam chorak asr O‘zbekistonga rahbarlik qildi. Uning sa’y-harakatlari bilan yurtimiz iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at sohalarida yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Minglab gektar cho‘l va qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi. Yangi shahar va qishloqlar, bog‘u rog‘lar, zavod va fabrikalar barpo etildi. Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Toshkentda metropoliten qurildi. 

Sharof Rashidov, shuningdek, o‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan zabardast yozuvchi va shoir edi. Xususan, ijodkorning yurtga muhabbat, do‘stlik va sadoqat kabi insoniy fazilatlar yuksak badiiy mahorat bilan ifodalangan “Kashmir qo‘shig‘i”, “Ikki dil dostoni” asarlari jahonning 56 tiliga tarjima qilingan. 

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari O.Salimov, I.Iskandarov, B.Nazarov, A.Asqarov, taniqli olim I.Kuzmin, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov, tarix fanlari doktori Q.Rajabov, Sharof Rashidov haqidagi qator kitoblar muallifi, yozuvchi F.Razzoqov va boshqalar shular haqida so‘zlab, xalqimizning sodiq farzandi haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashdi. 

Shu kunlarda ta’lim muassasalari, mahallalarda, davlat va jamoat tashkilotlarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Jizzax shahrida uning haykali ochildi. «Xalqimizning otashqalb farzandi» nomli kitob, tanlangan asarlari to‘plami nashr etildi, hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratildi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan shu kabi ezgu ishlar xalqimizning atoqli farzandi xotirasiga ko‘rsatilgan ehtiromning oliy darajasi ekanligi anjumanda alohida ta’kidlandi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjayev ishtirok etdi.

 

Malohat Husanova, O‘zA

Поделиться