O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Elektr energetika kengashining majlisi
2017-11-04 | MDH
Toshkent shahrida 4-noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Elektr energetika kengashining 51-majlisi bo‘lib o‘tdi.
MDHga a’zo davlatlarning tegishli vazirliklari, elektr energetika kompaniyalari rahbarlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda elektr energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, bu jarayonda huquqiy-texnik zaxirani modernizatsiya qilish va uyg‘unlashuvini ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. 2017-2018-yillar kuz-qish mavsumida Hamdo‘stlik davlatlari energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir davomida, shuningdek, MDH doirasida elektr energetika sohasidagi xalqaro shartnomalar, MDH Elektr energetika kengashining me’yoriy va texnik hamda Ishchi guruhining energosamaradorlik va qayta tiklanuvchan energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha hujjatlari ko‘rib chiqildi.
Majlis yakuni bo‘yicha MDH Elektr energetika kengashining qarorlari imzolandi.