O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Axborot xizmatlari va jamoatchilik

2015-04-03 | Jamiyat

Farg'onada jamoatchilikni xabardor qilishda axborot xizmatlariga qo'yiladigan talablar va ularning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Farg'ona viloyati hududiy bo'limi, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo'limi, viloyat matbuot va axborot boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat hokimiyati idoralari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash jarayonida axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.

O'zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonuni bu jarayonda fuqarolarning axborot sohasiga oid huquqlarini ta'minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mas'uliyatini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu qonun fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga davlat organlari faoliyatiga oid axborotlarni to'siqsiz olishning ishonchli kafolatini yaratish imkonini beradi.

– Davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda axborot xizmatlari muhim o'rin tutadi, – deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Farg'ona viloyati hududiy bo'limi mutaxassisi Ma'muraxon Ismoilova. – Mamlakatimizda axborot xizmatlarining erkin va samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar bilim va malakasini oshirish yuzasidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, axborot xizmatlari faolligini oshirish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Seminarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilish borasida milliy me'yoriy-huquqiy baza hamda ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning axborot olish huquqini ta'minlovchi huquqiy mexanizmlar haqida fikr almashildi.

Поделиться