O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi yakunlandi
2017-11-03 | MDH
MDH hukumat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish, mazkur tuzilmaning institutsional va huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga doir o‘ndan ortiq hujjat imzolandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda majlis samarali bo‘lgani, imzolangan hujjatlar MDH mamlakatlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuning bilan MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi yakunlandi.