O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yo‘lovchilar uchun yana bir qulaylik: “My Bus Tashkent” yangi mobil ilovasi ishlab chiqildi

2017-11-02 | Texnologiyalar

Shahar jamoat transportining samarali faoliyati iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va shahar jamoat transporti harakatining nazoratini kuchaytirish maqsadida zamonaviy dasturiy ta’minot, mobil ilova hamda GPS-trekerlar joriy etilmoqda.

Toshkent shahrida har kuni jamoat transporti xizmatidan 1,3 millionga yaqin yo‘lovchi foydalanadi. Umumiy masofasi 3,5 ming kilometr bo‘lgan yo‘nalishlarda deyarli 25 ming reys amalga oshiriladi. Shahar jamoat transportidan muntazam foydalanuvchi yo‘lovchi o‘rta hisobda kuniga yarim soatdan ikki soatgacha vaqtini avtobusda o‘tkazadi. “Toshshahartransxizmat” AJ shahar jamoat transporti xizmatlarini takomillashtirish, avtobuslar harakati jadvalining nazoratini kuchaytirishga yo‘naltirilgan qator axborot texnologiyalari loyihalarini amalga oshirmoqda. 

Ushbu yo‘nalishdagi ishlar doirasida poytaxt avtobuslari harakatini kuzatishga mo‘ljallangan “My Bus Tashkent” yangi mobil ilovasi ishlab chiqildi va yo‘lga qo‘yildi. Ilovada foydalanuvchilar belgilangan yo‘nalishdagi avtobuslar harakati, zarur bekatga kelish vaqti, davlat raqami, avtopark raqami, bekatdan avtobusgacha bo‘lgan masofa hamda harakat tezligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin. Shuningdek, ilovada kerakli bekatda tushib qolish yoki avtobusni o‘tkazib yubormaslikka doir xabarlar tizimi ham joriy qilingan. Bekatlar katalogi tanlangan bekat orqali o‘tadigan marshrutlarni aniqlashga yordam beradi. Qidiruv xizmatidan foydalanib davlat raqamini bilish yoki qidiruv satriga bekat nomini yozgan holda avtobusni topish mumkin. Bundan tashqari, “joylashuv” tugmasi yo‘lovchiga eng yaqin bekatni ko‘rish imkonini beradi. 

Ayni paytda yangi ilova bilan barcha poytaxt avtobus marshrutlari qamrab olinmoqda, uni uyali aloqa vositasiga “Google Play” orqali ko‘chirib olish mumkin.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться