O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sayyohlik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha 72 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan

2017-10-31 | Turizm

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi turmush farovonligini yuksaltirish, investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 28-fevralda qabul qilingan "2017-2018 yillar davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Mazkur hujjatga asosan tumanda to‘qimachilik, tayyor trikotaj mahsulotlari, tomchilab sug‘orish uskunalari, suv nasoslari, plastmassa quvurlar, elektrotexnika va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, baliqchilikni rivojlantirish va baliq mahsulotlari tayyorlash, farmatsevtika uchun yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, sayyohlik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha 72 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 

Mo‘ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq, keyingi ikki yilda 52,3 milliard so‘m va 990 ming dollarga teng bo‘lgan loyihalar amalga oshirilishi natijasida qariyb 1 ming 350 ish o‘rni yaratiladi. Bugungi kungacha bu borada 40 ga yaqin loyiha hayotga tatbiq etilib, 300 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. 

“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan loyihalarga ko‘ra, tuman markazida “Gold Muynak masters” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishga tushirildi. Bu yerda 99 zamonaviy tikuv mashinasi o‘rnatilib, keng turdagi xalq iste’mol mollari, ish kiyimlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 158 ayolning ish bilan bandligi ta’minlandi. Ularning teng yarmini kasb-hunar kollejlarini bitirgan qizlar tashkil etadi. 

– Markazdan 18 kilometr olisda joylashgan “Uchsoy” ovuli fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi 100 ayolning bandligini ta’minlash maqsadida ularning har biriga “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Yaponiyada ishlab chiqarilgan, 12 jarayonni bajaradigan “Janome” rusumli zamonaviy tikuv mashinalari berildi, – deydi Mo‘ynoq tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ziyoda O‘tegenova. – Uyda ishsiz o‘tirgan bu ayollar ham tumanimizning iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. 

“Ustyurtgaz” mas’uliyati cheklangan jamiyatining “Mo‘ynoq orgtexnika remont servis” korxonasi tomonidan 150 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘i evaziga “Orgtexnika xizmatini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilib, 10 ish o‘rni yaratildi. Tuman markazida “AXZ Bayron” korxonasi o‘z mablag‘i hisobidan 1 milliard 200 million so‘mga “Suyultirilgan gaz quyish shoxobchasini qurish” loyihasini ro‘yobga chiqarib, 7 kishining bandligini ta’minlagan bo‘lsa, tadbirkor Ozod Qalilayev bankdan olgan 70 million so‘m kredit va 10 million o‘z mablag‘i hisobidan muzqaymoq ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirdi. 

Tuman markazidagi eski kinoteatr imorati ta’mirlanib, “3D sinema markazi” tashkil etilishida “Mo‘ynoq servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 150 million so‘mlik loyiha bajarildi. Natijada 10 kishi ish bilan band bo‘ldi. 

“Hakim ota” ovul fuqarolar yig‘inidagi pochta imorati ta’mirlanib, dorixona, oziq-ovqat do‘koni va "Go‘zallik saloni" ishga tushirildi. “Sultonbek biznes Qo‘ng‘irot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilgan 40 million so‘mlik mazkur loyiha tufayli aholiga qulayliklar yaratildi. Tadbirkor Berdibek Sag‘indiqov sa’y-harakati bilan shu ovulda 50 million so‘mlik loyihaga ko‘ra do‘kon va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi bunyod etildi. Tuman markazida “Dehqon bozori”, avtoshohbekat imoratlari kapital ta’mirlanib, butunlay yangicha qiyofa kasb etdi. 

Tumandagi eski Mo‘ynoq konserva zavodi hududidan 16 gektar, 5-qurilish boshqarmasi hududidan 4,5 gektar maydonda tashkil etilgan kichik sanoat zonasida elektrotexnika, qurilish materiallari, sug‘orish uskunalari, tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 2019-yilga borib, tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1,6 marta, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish ko‘lami 1,5, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 1,3, xizmat ko‘rsatish 1,7 martaga o‘sishi kutilmoqda.

 

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA

Поделиться