O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Hukumati raisining O‘zbekistonga tashrifiga doir
2017-10-30 | Siyosat
2017-yil 2-3-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qiladi.
Tashrif doirasida ko‘p qirrali o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish, ularni aniq mazmun bilan boyitishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun hukumatlararo muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Dmitriy Medvedev, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi.