O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nobank kredit tashkilotlarining asosiy ko‘rsatkichlari

2017-10-26 | Iqtisodiyot

2017 yil 1 oktabr holatiga nobank kredit tashkilotlarining jami aktivlari qariyb 200 mlrd. so‘mga, kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 178,4 mlrd. so‘mga va jami kapitali 153,4 mlrd. so‘mga etdi.

Mamlakatimiz Prezidentining “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 12 sentabrdagi qarorida nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini, sifatini yanada oshirish va moliyaviy xizmatlar iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator choralar belgilangan.

Xususan, mazkur hujjatda 2017 yil 1 oktabrdan yangi tashkil etilayotgan mikrokredit tashkilotlari uchun ustav kapitalining eng kam miqdori 2 mlrd. so‘m, lombardlar uchun esa 500 mln. so‘m miqdorida belgilandi.

Faoliyat yuritayotgan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar 2019 yilning 1 yanvariga qadar ustav kapitalini belgilangan eng kam miqdorga etkazishlari lozim.

Respublikamiz mintaqalarida jami 76 ta nobank kredit tashkiloti faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 30 tasi mikrokredit tashkiloti, 46 tasi lombarddir.

Поделиться