O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

2017-10-20 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishi, uning huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov taraqqiyotning hozirgi bosqichida biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalarida shakllangan yondashuvlarni qaytadan ko‘rib chiqish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishning yangi tizimini yaratish borasida Prezidentimiz tashabbusi bilan chuqur islohotlar amalga oshirilayotgani hamda mazkur bitim sohani rivojlantirishda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori sohani yanada rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab berdi. 

Mazkur jarayonda qonunchilik, sud va ijro etuvchi hokimiyatlar, shuningdek, bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa sub’ektlari hamda nodavlat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda ish olib borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zlari saylangan hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari bilan bevosita muloqotlar olib borib, ularni qiynayotgan masalalarni yechish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish bilan bir qatorda qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda. 

Mazkur bitim tomonlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini rivojlantirish hamda xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilishga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. 

– Hamkorlik bitimida xususiy mulkchilikni va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ekspert guruhlarini shakllantirish, Qonunchilik palatasida qabul qilinadigan qonun loyihalarining ishlanishi va qabul qilinishi jarayonlariga Savdo-sanoat palatasi vakillarini jalb etish, shuningdek, joylardagi haqiqiy holatni hamda qonun hujjatlarini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishda palata vakillari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib borish ko‘zda tutilgan, – deydi Savdo-sanoat palatasi bo‘lim boshlig‘i Bobur Ibodullayev. – Ayni damda bu boradagi ishlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh va ekspertlar guruhi shakllantirilmoqda. 

Bitimga asosan tadbirkorlik sohasiga oid qonun loyihalari ishlab chiqilishida qonun loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash bo‘yicha xulosalar Savdo-sanoat palatasi tomonidan taqdim etib borilishi belgilangan. 

Tadbirda tadbirkorlar huquqlarini ta’minlash va xususiy mulkni ishonchli himoya qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, huquqni muhofaza qilish organlari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi. 

 

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться