O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pilladan bir yilda ikki marta hosil: natija qanday bo‘ldi?
2017-10-19 | Iqtisodiyot
Joriy yil bahorda pillakorlarimiz ipak qurti parvarishlab, mo‘l hosil yetishtirdi. Davlatimiz rahbarining Surxondaryo, Buxoro va Farg‘ona viloyatlariga tashriflari davomida bir yilda ikki marta pilla boqishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bildirgan fikr-mulohazalaridan ruhlangan “kumush tola” yetishtiruvchilar takroriy pilla yetishtirishga ahd qildi. Natija kutilganidan ham yaxshi bo‘ldi.
– Pilladan bir yilda ikki marta hosil olamiz deganimizda shubha bilan qaraganlar ham bo‘ldi, – deydi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Olim Jumayev. – Biroq, biz buni amalga oshirdik. 10 ming 500 quti ipak qurti parvarishlanib, 420 tonnadan ko‘proq hosil yetishtirildi. Bu 10 milliard so‘mdan ziyod daromad ko‘rish hamda qayta ishlash korxonalariga uch mingta mavsumiy ishchini jalb etishni ta’minladi.
Xomashyoning ko‘payishi, albatta, uni qayta ishlashni ham talab etadi. Joriy yilda uyushmada ip yigiruv va ipak mato ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qator loyihalar amalga oshirildi. Sirdaryo, Xorazm, Jizzax, Buxoro viloyatlarida barpo etilayotgan korxonalar shular sirasidandir.