O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Ijroiya qo‘mitasi Raisi–Ijrochi kotibining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv
2017-10-19 | MDH
2017-yilning 18-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan MDHga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi.