O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijonda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 11 nafar shaxsga fuqarolik pasporti topshirildi

2017-10-18 | Jamiyat

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Keyingi bir yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan fuqaroligi bo‘lmagan yuzlab yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Bu ularga Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda belgilangan huquqlaridan to‘la foydalanish imkonini berish bilan birga, odamlarda adolatga, davlatga ishonch tuyg‘usini mustahkamlamoqda. Shu davrda Andijon viloyatidan 47 kishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. 

– 1993-yilda qo‘shni Qirg‘izistondan kelin bo‘lib tushganman, – deydi Jalaquduq tumanidagi "Yorqishloq" shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi Nasiba Matmusayeva. – Uch nafar farzandim bor. Hamshira bo‘lib ishlayman. Ko‘p yillardan beri qalbimda bir armon bor edi. Shu yurtda yashab turib, O‘zbekiston fuqarosi emas edim. Bugun ana shu armonim ushaldi. Buning uchun Prezidentimizdan minnatdorman. 

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

 

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA

Поделиться