O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

2015-03-30 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazida mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari haqida axborot berildi.

Markaziy saylov raisi M. Abdusalomov qayd etganidek, 29 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy saylov qonunchiligimiz talablari va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan demokratik tamoyillari asosida ochiq va oshkora o'tkazildi.

Saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafar saylovchidan 18 million 942 ming nafar fuqaro ovoz berishda ishtirok etdi. Bu ro'yxatga kiritilgan saylovchilar umumiy sonining 91,08 foizini tashkil etadi. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi Qonunning 35-moddasiga muvofiq, Prezident saylovi o'tgan, deb hisoblanadi.

Saylov jarayoni davomida qonunchilik talablari va normalarining buzilganligi haqida axborotlar kelib tushmadi.

"Prezident saylovi mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotini, yurtimizda kechayotgan demokratik islohotlarni izchil davom ettirish va rivojlantirishning g'oyat muhim omili ekanini chuqur anglagan fuqarolarimiz o'zining yuksak siyosiy saviyasi va Vatanimiz taqdiriga daxldorlik tuyg'usini namoyish etib, saylovda faol ishtirok etdi", - dedi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. Abdusalomov.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko'ra, Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov 552 309 nafar yoki 2,92 foiz, Akmal Xolmatovich Saidov 582 688 nafar yoki 3,08 foiz, Islom Abdug'aniyevich Karimov 17 122 597 nafar yoki 90,39 foiz, Narimon Majidovich Umarov 389 024 nafar yoki 2,05 foiz ovoz to'plagan.

Matbuot anjumani ishtirokchilariga hozirgi paytda Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnoma va boshqa materiallarni ko'rib chiqayotgani haqida axborot berildi. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq zarurat bo'lsa, ayrim uchastka saylov komissiyalarining materiallari sinchiklab tekshiriladi va shundan so'ng Markaziy saylov komissiyasi saylov natijasi bo'yicha qaror qabul qiladi.

Qonunchilik talablariga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to'g'risidagi axborot saylovdan keyin o'n kundan kechiktirmay, ya'ni 2015 yil 8 aprelga qadar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e'lon qilinadi.

Markaziy saylov komissiyasi Raisi jurnalistlarning savollariga atroflicha javob qaytardi.

Поделиться