O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston–Nepal 14:1

2017-10-17 | Sport

Eronda Xitoy Taypeyida 2018-yilning 6-18-fevral kunlari futzal bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari boshlandi.

O‘zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining “A” guruhida Nepal, Qirg‘iziston, Turkmaniston terma jamoalari bilan bahslashmoqda. Guruhda 1-2 o‘rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. 

Mamlakatimiz sportchilari saralash bahslarining dastlabki turida Nepal terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda vakillarimiz raqiblarini 14:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Bugun, 16-oktabr kuni futzalchilarimiz ikkinchi turda Turkmaniston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

 

Javoxir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться