O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Chaqar” MFY qarashli hududan 9 tonna chiqindi olib chiqib ketildi

2017-10-12 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar berdi qo‘mitaning axborot xizmati.

Xususan, tumanning “Chaqar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Beshyog‘och va Yalonkor berk ko‘chalari yonida, kollektor suvlari oqib o‘tuvchi ariq bo‘ylarida aholi tomonidan tashlangan shox-shabba va maishiy chiqindilar uyumi aniqlandi. 

“Chaqar” MFY ga qarashli hududidagi ikki noqonuniy chiqindixona bartaraf etilib, qariyb 9 tonna chiqindi olib chiqib ketildi. Kollektor suvlari oqib o‘tuvchi ariqning qirg‘oq bo‘ylari chiqindilardan tozalandi. 

Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan manzilda “Shayxontohur-Maxsustrans” korxonasi tomonidan o‘rnatilgan yakka tartibdagi konteynerlar hududdagi aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan Beshyog‘och va Yalonkor berk ko‘chalarida yashovchi aholi hamda “Chaqar” MFY faollari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Bugungi kun talabi aholining ekologik madaniyatini oshirish, ayni chog‘da, suv havzalarini sanoat chiqindilari bilan ifloslantirayotgan, atmosferaga zararli moddalar chiqarayotgan zavod-fabrikalar, tijorat tashkilotlari, xususiy korxonalar rahbarlari mas’uliyatini oshirishdan iborat. Bu ish bilan nafaqat tabiat muhofazasi sohasida ishlayotgan mutaxassislar, xodimlar, balki jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, ayniqsa, yoshlar faol shug‘ullanishlari lozim. Ayniqsa, farzandlarimizga tabiatni asrash lozimligini qancha erta tushuntirsak, shuncha yaxshi. Oilalarda ulg‘ayayotgan har bir yigit-qiz tabiat bu – bizning umumiy uyimiz, ertangi kelajagimiz ekanini anglamog‘i darkor, deyiladi xabarda.

Поделиться