O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Belarus Prezidenti bilan uchrashdi

2017-10-12 | Siyosat

Sochi shahrida o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining 2016-yil Samarqandda o‘tgan uchrashuvidan keyin O‘zbekiston va Belarus munosabatlari faollashgani, o‘zaro savdo aylanmasi sezilarli oshganini ta’kidladi. Ikki mamlakat iqtisodiyoti bir-birini to‘ldirishi, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. 

Aleksandr Lukashenko Belarus O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. 

Belarus O‘zbekistonga Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy sherik sifatida qaraydi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari asosida rivojlanib bormoqda. 

Qo‘shma korxonalar tashkil etish, savdo uylarini kengaytirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni O‘zbekistonga taklif etdi.

Поделиться