O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bokschilarimiz xalqaro turnir g‘olibi

2017-10-10 | Sport

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda munosib qatnashdi.

75 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Isroil Madrimov ozarbayjonlik Ismoil Husaynli, rossiyalik Rizvon Elikxonov va qozog‘istonlik Almaz Tleubergenov ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Isroil mutaxassislar tomonidan turnirning eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi. 

Shuningdek, final janglarida bokschilarimizdan Mahmud G‘oipov, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Qanag‘at Maralov, Dilshod Nurim va Oybo‘ldi Daurenulini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Musobaqada Otabek Xolmatov va Madiyor Saidrahimov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Mironshoh Ibrohimov, Murodjon Ahmadaliyev, Sanjar Tursunov esa terma jamoamiz hisobiga bronza medalni keltirdi. 

Shu tariqa bokschilarimiz nufuzli musobaqada 4 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться