O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ovozimiz taraqqiyotga xizmat qiladi

2015-03-29 | Jamiyat

Mamlakatimizda chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, yurt taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir avlodni voyaga yetkazishga alohida e'tibor qaratilmoqda. "Ta'lim to'g'risida"gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijrosi doirasida mamlakatimizda jahon andozalariga mos ta'lim tizimi shakllantirilib, zamonaviy bilim maskanlari barpo etildi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Oliy harbiy bojxona instituti shunday dargohlardan biri.

Tizimda malakali kadrlar tayyorlashga qaratilayotgan e'tibor samarasida bojxona xizmati xodimlari davlatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, uning manfaatlarini himoya qilishda samarali faoliyat yuritmoqda.

Soha xodimlari va bo'lajak bojxonachilar mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon bo'lgan saylovda ham faol ishtirok etmoqda.

– Prezident saylovi mamlakat ertangi kunida muhim ahamiyat kasb etuvchi siyosiy voqeadir, – deydi Oliy harbiy bojxona institutida tashkil etilgan 525-uchastka saylov komissiyasi raisining o'rinbosari Baxtiyor Abdurahimov. – Buni har bir fuqaro, ayniqsa, yoshlar chuqur anglashi zarur. Shundan kelib chiqib, saylovoldi jarayonida keng ko'lamli targ'ibot ishlari bilan bir qatorda katta tayyorgarlik ishlari ham olib borildi.

– Ta'lim muassasamizda qonunlar asosida kafolatlangan huquqlarimizni amalga oshirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, – deydi 4-bosqich tinglovchisi Viktoriya Shubina. – Bunga javoban kelgusida mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo'lida har qancha mehnat qilsak, fidoyilik ko'rsatsak arziydi. Biz buni dildan his etib, jonajon O'zbekistonimiz bilan doimo faxrlanamiz. Yuksak demokratik talablar asosida tashkil etilgan saylovda ishtirok etib, ko'ksimiz yana g'ururga to'ldi. Ishonamizki, bizning ovozimiz ertaga yurtimizni bundan-da yuksak taraqqiyot marralariga olib chiqishga xizmat qiladi.

Поделиться