O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avtobuslarda internet xizmati yo‘lga qo‘yildi

2017-10-03 | Texnologiyalar

«Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati "Wi-Fi Bus" loyihasini ishga tushirdi. Loyiha Toshkent shahri avtobuslarini Wi-Fi orqali ma’lumot uzatuvchi internet aloqasi bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi.

Endi poytaxtimiz jamoat transporti yo‘lovchilari eshigida "Wi-Fi Bus" yozuvi mavjud avtobuslarda Ziyonet.uz milliy ma’rifiy-ko‘ngilochar portali xizmatidan foydalanishlari mumkin. 

«Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumotlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar poytaxtimizdagi ellikta yo‘nalishli avtobus Wi-Fi aloqasi bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda bazasida 4 ming 650 ga yaqin yangilik, ma’rifiy va ko‘ngilochar veb-zaxiralar mavjud bo‘lgan Ziyonet.uz portaliga ulanish imkoniyati o‘quv yili davomida, ayniqsa, yo‘lovchilar oqimining salmoqli qismini tashkil etuvchi talabalar, kollej va litseylar o‘quvchilarini xushnud qiladi. Bundan tashqari, mazkur yangilik kelajakda shahar transporti faoliyatini takomillashtirish hamda poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish uchun zamonaviy axborot tizimlarini faol joriy etishda qo‘l keladi. Ayni paytda Wi-Fi orqali simsiz ma’lumot uzatish xizmati 2-, 38- va 72-yo‘nalishlardagi transport vositalarida ishga tushirilgan. 

Bunday imkoniyat tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, chunki Toshkentda shahar jamoat transportidan har kuni 1,3 millionga yaqin yo‘lovchi foydalanadi. Kuniga 3,5 ming kilometr masofadagi yo‘nalishlarda deyarli 25 ming reys amalga oshiriladi. Kuzatishlarga qaraganda, shahar jamoat transportidan muntazam foydalanadigan yo‘lovchi o‘rtacha kuniga yarim soatdan 2 soatgacha vaqtini avtobusda o‘tkazadi. Yangi uskuna tufayli yo‘lovchilar bu vaqtni mazmunli o‘tkazishi, ya’ni ta’lim va ma’rifiy veb-zaxiralardan bahra olishga sarflashi mumkin. 

 
Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться