O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston parlamenti Senati Spikerini qabul qildi

2017-09-27 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati Spikeri Kasim-Jomart Tokayev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonlarni qutlar ekan, Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi va Oliy Majlis palatalarida o‘tkazilgan samarali muzokaralar natijalari o‘zaro aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini alohida ta’kidladi. 

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil mart oyida Qozog‘istonga va Qozog‘iston Prezidentining shu oyda O‘zbekistonga davlat tashriflari, shuningdek, davlatlarimiz rahbarlarining muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan muloqoti keng ko‘lamli O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.

Turli darajadagi aloqalar faollashgani, o‘zaro savdo hajmi va turi izchil ortib, diversifikatsiya qilinayotgani, energetika va mashinasozlik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshlangani, avtomobil, temir yo‘l va havo transporti sohasidagi hamkorlik kengaygani shundan dalolat beradi. 

Chegaraoldi hududlari o‘rtasida o‘zaro tashriflar uyushtirilmoqda, sheriklik munosabatlari mustahkamlanmoqda, mamlakatlarimizda ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar tadbirlar birgalikda o‘tkazilmoqda. 

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda o‘zaro manfaatli sheriklikka doir istiqbolli loyiha va dasturlarni ilgari surishda mamlakatlarimiz parlamentlari muhim o‘rin tutishi qayd etildi. 

Do‘stlik va hamkorlik guruhlari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlarining tegishli qo‘mitalari o‘rtasida yaqin amaliy aloqalar o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi. 

Yuqori martabali mehmon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy va mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Kasim-Jomart Tokayev Qozog‘iston Respublikasi parlamenti o‘zaro do‘stlik va strategik sheriklik munasabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida O‘zbekiston bilan faol va keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Поделиться