O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Doimiy kotibi bilan uchrashuv

2017-09-27 | Siyosat

2017-yilning 26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatimizda amaliy tashrifini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha vazirligi Doimiy kotibi Saymon Makdonald bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi holati ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor bergan holda ko‘rib chiqildi.

Britaniya tomoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqining asosiy qismlari bilan tanishtirildi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi barcha o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga bo‘lajak tashrifining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi Kristofer Allan ishtirok etdi.

Поделиться