O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Koreya parlamentlari Spikerlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2017-09-26 | Siyosat

2017 yilning 23 sentyabridan 26 sentyabriga qadar O‘zbekistonda Koreya Respublikasining Milliy Assambleya Spikeri Chon Se Gyun rahbarligidagi nufuzli delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi.

25 sentyabr kuni delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Milliy Assambleya spikerlarining uchrashuvi davomida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra qabul qilingan 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini isloh etishning hozirgi holati masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Ushbu yo‘nalish, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarning yanada mustahkamlanishini ko‘zda tutadi.

Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik 1995 yilda boshlangan bo‘lib, o‘sha paytda Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasida “Koreya – O‘zbekiston” parlament do‘stlik assotsiatsiyasi tuzilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida esa 2005 yildan buyon Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh faoliyat yuritadi.

Shunday yo‘nalishdagi hamkorlik parlamentlar o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni saqlab turish, tajriba almashish, turli tadbirlarda ishtirok etish imkonini beradi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarda katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ulardan samarali foydalanish lozim. Ushbu uchrashuv yuqori vakillik organlarining hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligining ko‘rsatkichidir.

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Spikeri Chon Se Gyun samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirgan holda O‘zbekiston Respublikasiga, xususan, butun dunyoga mashhur Samarqandga bo‘lgan tashrifi to‘g‘risidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamenlararo aloqalar haqida so‘zlab, Chon Se Gyun ushbu aloqalarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy sohalardagi do‘stona munosabatlarni umuman olganda kuchaytirishda tutgan muhim o‘rnini ta’kidlab o‘tdi. Ikki mamlakat darajasidagi aloqalar jadallik xususiyatiga ega.

— Menga O‘zbekistonda bo‘lishim, xususan Samarqand kabi go‘zal joylar va mamlakatingizning boshqa diqqatga sazovor joylarida bo‘lishim katta mamnuniyat bag‘ishladi. Yurtingiz o‘zining go‘zalligi va mehmondo‘stligi bilan meni hayratda qoldirdi. O‘zbekistonda Koreyani juda yaxshi bilishlari, koreys millatiga juda diqqat va hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari meni quvontirdi. O‘zbekistonning katta va ahil oilasi hisoblangan koreys diasporasi istiqomat qiladi.

Koreya va O‘zbekiston ishonchli hamkorlar hisoblanadi. Diplomatik aloqalar o‘rnatilgan 25 yil ichida mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlik olib borilmoqda. Bu vaqt ichida O‘zbekiston Koreyaning ishonchli hamkori sifatida namoyon qila oldi.

Bizning munosabatlarimiz barqaror rivojlanib bormoqda, jumladan parlament faoliyati yo‘nalishida ham.

– Ko‘plab Koreya deputatlari bir necha bor O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Shu bilan birga sizning deputatlaringiz ham Koreyada bo‘ldilar. Shu bois, men bugungi uchrashuvda aloqalarni parlament darajasida faollashtirish taklifini bildirdim. Deputatlar o‘rtasida ishchan aloqalarni mustahkamlash dolzarb sanaladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Harakatlar strategiyasiga muvofiq keng miqyosli islohotlarni amalga oshirmoqda. Koreya parlamenti bu sa’yi-harakatlarni qo‘llab quvvatlaydi, – deydi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Chon Se Gyun.

Chon Se Gyun Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida, balki butun dunyoda ham muhim siyosiy omilga aylanayotganligini alohida qayd etib o‘tdi. “Mamlakatimizdagi siyosiy doiralar O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasiga muvofiq olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholaydi. O‘z navbatida, ushbu jarayon o‘tkazilayotgan islohotlarning o‘z vaqtida sifatli huquqiy ta’minlanishini taqozo etadi. Shuni hisobga olgan holda, parlamentning mamlakat asosiy qonun chiqaruvchi organi sifatidagi roli oshadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida qonun hujjatlari shakllangan amaliyotni har tomonlama o‘rganish natijalariga ko‘ra, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida qabul qilinishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi ushbu sohada O‘zbekiston parlamentiga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor”, deb qayd etdi Chon Se Gyun.

Uchrashuv mobaynida parlamentlararo aloqalarni yanada kuchaytirishga taalluqli batafsil fikrlar almashuvi bo‘lib o‘tdi, taraflar ikki mamlakat deputatlar korpuslari o‘rtasida doimiy ishchi aloqalarni saqlab turishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Поделиться