O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Medallar 106 taga yetdi

2017-09-26 | Sport

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlari qizg‘in pallaga kirdi.

Sambo bo‘yicha vazni 68 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida hamyurtimiz Sarbon Ernazarov mo‘g‘ulistonlik Tseden Rakxanjav, turkmanistonlik Muhammad Ko‘ssekov, so‘nggi hal qiluvchi final bahsida Bekmurod Meredovni mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. 90 kilogrammgacha vazn toifasida mahoratli polvonimiz Ne’mat Yoqubovga teng keladigani topilmadi. 

Sambo bahslarida Rahmatjon Ahmedov kumush, Islomjon Azimov, Lutfilla Saydamatov, Istam Qudratov, Nodira Gulova, Gulnoza Ziyoyeva o‘z vazn toifalarida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov final bellashuvida eronlik Husain Chamazkoti Ilyosni 12:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 57 kilogrammgacha vazn toifasida Mahmudjon Shavkatov qozog‘istonlik Gabit Tolepboyni 6:2 hisobida yengdi. Shu tariqa Bekzod va Mahmudjon terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘ydi. 

Og‘ir atletika bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ivan Yefremov dast ko‘tarishda 190 kilogrammlik, siltab ko‘tarishda esa 221 kilogrammlik shtangani bo‘ysindirdi va yakunda umumhisobda 411 kilogramm natija ko‘rsatib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi. 

Shuningdek Farhod Sobirov 391 kilogramm, Omadoy Otaqo‘ziyev 231 kilogramm natija bilan kumush medalni ko‘lga kiritdi. Yana bir og‘ir atletikachimiz Dolera Davronova bronza medal bilan taqdirlandi. 

Belbog‘li kurash bo‘yicha finalga qadar barcha raqiblari ustidan zafar quchgan Islomjon Qo‘ldoshev, Ilhomjon Mashrabov, Manzuroy Mo‘ydinova, Gulxumoroy Dadaboyeva, Dilafro‘z Mamajonova klassik yo‘nalishda kumush medal sohibiga aylandi. Fayzulla Ummatov, Abduqahhor Egamov o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi. 

Tennis bo‘yicha yakkaliklar o‘rtasida Farrux Do‘stov, aralash juftlikda Sanjar Fayziyev va Arina Fols terma jamoamiz hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘ydi. 50 va 100 metrga batterflyay usulda suzgan Artem Kozlyuk marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib bosib o‘tdi.  

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning yarim finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, finalda Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. 

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz a’zolari hozircha 21 oltin, 28 kumush va 57 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться