O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatiga Rohinja qochqinlari uchun insonparvarlik yordami sifatida zarur mahsulotlarni topshiradi
2017-09-17 | Jamiyat
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati Myanmaning Rakxayn shtatidan Bangladeshga qochib o‘tgan odamlar uchun O‘zbekistondan yuborilgan eng katta insonparvarlik yordamlaridan birini qabul qilib oladi. Ehtiyojga muhtoj 8 ming oilaning har biri (taxminan 50 ming kishi) O‘zbekistondan yuborilgan 14 turdan ziyod oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar, jumladan, guruch, shakar, yeryong‘oq, sut kukuni, pechenye, chivinga qarshi to‘r, ayollar, erkaklar va bolalar uchun kiyim-kechaklar (sari, lungi, futbolka), ko‘rpa-to‘shak, oyoq kiyimlari, asosiy dori-darmon vositalari va mineral suv bilan ta’minlanadi.
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari ushbu zarur mahsulotlar va insonparvarlik yordamini ertaga soat 11.00 da Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining milliy bosh qarorgohida topshiradi.
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisi Hafiz Ahmed Majumder insonparvarlik yordamini O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyevdan qabul qilib oladi.
Tadbirda Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisining o‘rinbosari Habib Millat, g‘aznachi advokat Touhidur Rahman, Boshqaruv kengashi a’zosi, Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati Bosh kotibi Mojarul Huq, O‘zbekiston va Bangladesh vakillari ishtirok etadi.
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyati raisi Hafiz Ahmed Majumder O‘zbekiston rahbariyatiga Myanmaning Rakxayn shtati qochqinlari uchun yuborilgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Manba: www.bdrcs.org