O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yoshlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

2017-09-15 | Jamiyat

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan «Yoshlarga oid davlat siyosati – taraqqiyotimizning muhim omili» mavzuida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda deputatlar, siyosiy partiyalarning «Yoshlar qanoti» faollari, Yoshlar ittifoqi, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Parlament quyi palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari S.Otamurodov va boshqalar mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining izchil va samarali amalga oshirilishi zamirida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan tashabbuskor va shijoatli yosh avlodni voyaga yetkazish kabi ezgu maqsadlar mujassamligini alohida ta’kidladi. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati mustahkam huquqiy asosga ega. U Bosh qomusimiz va ko‘plab qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 14-sentabrda imzolangan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonun mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjat yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, faolligini oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetini mustahkamlash, bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. 

Mazkur qonun muhokamalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zolari, siyosiy partiyalarning «Yoshlar qanoti» vakillari va faol yoshlar ishtirok etib, o‘z taklif-mulohazalari bilan qatnashgan. 

– «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinganini davlatimizning yoshlarga yuksak e’tibori namunasi, deb bilamiz, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Odiljon Tojiyev. – Ushbu hujjatda yoshlarning huquq va manfaatlari to‘liq, ishonchli asosda mustahkamlangan. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan yurtimizda Yoshlar ittifoqining tashkil etilganligi va 30-iyun – Yoshlar kuni deb e’lon qilinishi ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. 

Muloqotda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Поделиться