O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidentining hamdardlik maktubi
2017-09-12 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Meksika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Enrike Penya Nyetoga maktub yo‘lladi. Mazkur maktubda “Meksika janubidagi talofatli zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va jarohatlanishi haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi” deyilgan.
Davlatimiz rahbari butun Meksika xalqiga, nobud bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, shuningdek, barcha jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayishni tiladi.