O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viloyat hokimi harbiylar bilan muloqot o‘tkazdi

2017-09-12 | Jamiyat

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov Andijon garnizonida harbiy xizmatchilar bilan muloqot o‘tkazdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 28-avgust kuni mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari va bu boradagi dolzarb vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan sayyor videoselektor yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan qurollangan, bugungi kun talabiga to‘la javob bera oladigan ixcham va harakatchan milliy armiyamizni shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. 

Muloqot davomida viloyat hokimi harbiylar hayoti, xizmat jarayonlari bilan tanishdi. Ularning xizmat va oilaviy sharoitlarini yanada yaxshilash, harbiy kasb nufuzini yuksaltirish, harbiy xizmatchilar, ayniqsa, muddatli harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtaldi. 

Harbiy xizmatchilar yashayotgan ko‘p qavatli uyning tashqi fasadini, shuningdek, harbiy xizmatchilarning oilaviy yotoqxonasini ta’mirlash, ular uchun xizmat uylari barpo etish, harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini ish bilan ta’minlash va boshqa masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 

– Harbiy qismda maxsus komputer xonasi tashkil etish, kutubxonani komputerlar bilan jihozlash bo‘yicha topshiriqlar berilgani ayni muddao bo‘ldi, – deydi Andijon garnizoni boshlig‘ining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Yo‘ldosh Xoliqov. – Bu harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qulayliklaridan unumli foydalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Garnizonda bo‘lib o‘tayotgan bu kabi muloqotlar mavjud muammolarni o‘rganish va ijobiy hal etish, harbiylarning xizmat va yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

 

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA

Поделиться