O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Meva-sabzavotchilikni rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasi

2017-09-05 | Iqtisodiyot

Poytaxtimizda O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, BMTning Janub-janub xamkorligi boshqarmasi, Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etilgan xalqaro seminar shu mavzuga bag‘ishlandi.

Unda BMTning Janub-janub hamkorligi boshqarmasi, Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi, Islom taraqqiyot banki mas’ul xodimlari, Vengriya, Marokash, Sudan, Turkiya, Tunis, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda yurtimizdagi xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar ishtirok etdi. 

O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari O.Mustafoyev, BMTning Janub-janub hamkorligi boshqarmasi arab, Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha hududiy bo‘limi rahbari E.Baxshish va boshqalar O‘zbekistonda amalga oshirilgan izchil islohotlar natijasida aholining meva-sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji ichki imkoniyatlar hisobidan qoplanishi barobarida, eksport salohiyati ham oshib borayotganini ta’kidladi. 180 turdan ortiq meva-sabzavot va ularni kayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar dunyoning o‘nlab davlatlariga eksport qilinayotgani buning isbotidir. 

Mamlakatimizda yaratilgan qulay shart-sharoit, imtiyozlar hamda dexqonu fermerlarning fidokorona mehnati tufayli barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlaridan har yili mo‘l va sifatli hosil yetishtirilmoqda. 

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida meva va uzumning 40 dan ortiq serhosil navi yaratilib, davlat reyestriga kiritildi. O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqikot institutining seleksioner olimlari tomonidan har xil muddatda pishadigan hosildor, yuqori sifatli hamda kasalliklarga chidamli sabzavot ekinlarining 41, polizning 5, kartoshkaning 6 yangi navi yaratildi. 

– O‘zbekistonda bioxilma-xillikni ta’minlash, ekologik toza mahsulot yetishtirish borasida yetarlicha tajriba mavjud, – deydi BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Xelena Fraser. – Mamlakatingizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar salomatlik uchun muhim bo‘lgan mikroelementlar va vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi. Biz bu bordagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. 

– Biz O‘zbekistonning agrar tarmoqda erishgan boy tajribasidan xabardormiz,– deydi Vengeriya Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Lilla Egri. – Ayniqsa, bog‘dorchilik sohasida o‘rgansa arziydigan ko‘plab yutuqlar bor. Keyingi yillarda baliqchilik borasida ham hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish niyatidamiz. 

Seminarda O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik sohasida to‘plangan tajribalar, sabzavot-poliz mahsulotlarining iste’mol sifatlari, o‘ziga xos xususiyatlari, meva va uzumning raqobatbardoshlik jihatlari kabi qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

Seminar qatnashchilari Samarqand viloyatidagi intensiv bog‘lar, qayta ishlash korxonalariga tashrif buyuradi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA

Поделиться