O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
2017-09-05 | Siyosat
Bishkek, 5 sentyabr. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 5 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkekga keldi.
Ikki davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.