O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi
2017-09-05 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning taklifiga binoan 5 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkek shahriga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish masalalarini muhokama qiladilar. Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.