O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Human Rights Watch» delegatsiyasi O‘zbekistonda

2017-09-05 | Jamiyat

«Human Rights Watch» xalqaro nodavlat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘linmasi direktori X.Uilyamson va tashkilotning Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi direktori S.Sverdlov mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Tashrifdan maqsad O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash masalalari, bu jarayonda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning tutgan o‘rni hamda mamlakatimiz bilan hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat. 

Ta’kidlash joizki, 1978-yilda tashkil etilgan ushbu tashkilot inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida monitoring olib borish, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa umume’tirof etilgan hujjatlarda bayon qilingan inson huquqlariga doir xalqaro normalarga rioya etilishi to‘g‘risida hisobotlarni e’lon qilish bilan shug‘ullanadi. 

Kamsitishning oldini olish, inson huquqlariga rioya etilishini tekshirish va ular haqida e’lon qilish, bolalar, xotin-qizlar va boshqalarning huquqlarini himoya qilish «Human Rights Watch» nodavlat tashkiloti faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. 

Tashrif davomida vazirliklar, huquqni muhofaza qilish organlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlarida uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar, Adliya, Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Bosh prokuratura, Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuvlar mo‘ljallangan. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.

Поделиться