O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

2017-yil 5-sentabr: O‘zbekistonda 1 AQSh dollarining rasmiy kursi 8100 so‘mga teng

2017-09-05 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatish to‘g‘risidagi axboroti, mazkur bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 2-sentabrda imzolangan farmoniga asosan valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatishda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llashdan iboratdir. 

2003-2017-yillarda kursni shakllantiruvchi omillar dinamikasining tahlili asosida, shuningdek banklar tomonidan importyor korxonalarga shartnomaviy kurs bo‘yicha chet el valyutasini sotishning sinov savdolari natijalarini inobatga olgan holda, bugungi kunda valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 AQSh dollari uchun 8000-8150 so‘mni tashkil etmoqda. 

Shu munosabat bilan, Markaziy bankning valyuta kursi 2017-yilning 5-sentabridan boshlab 1 AQSh dollari uchun 8100 so‘m darajasida o‘rnatilmoqda. 

Markaziy bankning kursi, avvalgidek, har dushanba kuni o‘tgan hafta davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi. 

Chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha banklararo savdo sessiyalari O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida har kuni o‘tkazilib, bunda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifning joriy nisbati asosida aniqlanadi hamda valyuta birjasining saytida e’lon qilib boriladi.

Поделиться