O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

2017-09-03 | Siyosat

Muhtaram Prezident Janoblari! 

Sizga O‘zbekiston Respublikasining Milliy bayrami munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni yo‘llayman va O‘zbekiston xalqiga yanada ravnaq va farovonlik tilayman. 

Siz kabi men ham davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdoriman hamda Fransiya timsolida ustuvor sherikni ko‘rayotganingizdan mamnunman. 

So‘nggi oylarda Fransiya va O‘zbekiston munosabatlarida yangicha sur’at kuzatilmoqda. Xususan, bu joriy yil boshidan buyon  mamlakatlarimiz o‘rtasida uch marta yuqori darajada delegatsiyalar tashrifi amalga oshirilgani samarasidir. Bunda shaxsan Siz faol ishtirok etayotganingizdan xabardorman va buni yuksak qadrlayman. Siz Samarqanddagi loyiha yuzasidan imzolagan qaror Fransiya taraqqiyot agentligiga mamlakatingizda o‘zining ilk muhim faoliyatini amalga oshirish imkonini beradi. Buning uchun Sizdan minnatdorman. 

Siz bilan dastlabki amaliy muzokaralarimizni o‘tkazish uchun Parijda uchrashishdan xursand bo‘laman. Mazkur uchrashuv  davlatlarimiz terrorizm va iqlimning global o‘zgarishi kabi umumiy muammolar bilan to‘qnash kelgan bir paytda siyosiy muloqotimizni mustahkamlashga xizmat qiladi.   

Ushbu uchrashuv, shuningdek, iqtisodiy aloqalarimiz rivojiga yangi kuch bag‘ishlaydi.  

Shu bilan birga, madaniyat va ta’lim sohalaridagi o‘zaro munosabatlar ham katta istiqbolga ega. Xususan, Luvrda ko‘rgazma tashkil qilish loyihasi, Toshkent shahridagi fransuz maktabi faoliyatini  rivojlantirish, Samarqand va Buxoro shaharlarida "Fransuz alyansi" filiallarini ochish istiqbollarini nazarda tutayapman.  

Sizning do‘stlik munosabatlarimizni yanada mustahkamlash yo‘lidagi harakatlarimizni faol qo‘llab-quvvatlashingizga ishonaman.  

Janob Prezident, Sizga bo‘lgan chuqur ehtiromimni qabul qilgaysiz. 

 
Emmanuel Makron,
Fransiya Respublikasi Prezidenti

Поделиться